Valyuta kurslari 10/12/2025
$1 – 12003.18
UZS – 0,11%
€1 – 13987.31
UZS – 0,09%
₽1 – 156.68
UZS – -0,8%
Qidirish
Toshkentda elektrobus va avtomobil urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Toshkentda elektrobus va avtomobil urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Toshkentda elektrobus va avtomobil urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 9-dekabr kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Islom Karimov ko‘chasida elektr avtobus va yengil avtomobil piyodani urib yubordi, deb xabar berdi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa taxminan soat 22:30 larda svetofor bilan tartibga solinmagan piyodalar yo‘lakchasida sodir bo‘lgan. Yutong elektrobus haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Shu vaziyatda avtobus zarbidan piyoda qarama-qarshi yo‘nalishga yiqilgan va Haval rusumli avtomashina ham ushbu piyodani urib yuborgan.

Piyoda hodisa joyida halok bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari davom etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling