Valyuta kurslari 26/12/2025
$1 – 12078.47
UZS – 0,09%
€1 – 14234.48
UZS – -0,04%
₽1 – 155.23
UZS – 0,99%
Qidirish
Toshkentda dunyo ozarbayjonliklarining birdamligi kuni va yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

Toshkentda dunyo ozarbayjonliklarining birdamligi kuni va yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

Toshkentda dunyo ozarbayjonliklarining birdamligi kuni va yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ozarbayjon Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasi huzurida faoliyat ko‘rsatadigan Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida Dunyo Ozarbayjonliklarining Birdamligi Kuni va Yangi yil munosabati bilan “Madaniyat — kuchimiz, birdamlik — birligimizdir” shiori ostida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda diplomatik korpus vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari namoyandalari, madaniyat va sanʼat xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek Oʻzbekistonda yashayotgan Ozarbayjon diasporasi aʼzolari va vatandoshlarimiz ishtirok etdilar.

Tadbirning rasmiy qismi Ozarbayjon Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyalarining yangrashi bilan boshlandi.

Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi  Favqulodda va Muxtor Elchisi Huseyn Quliyev tabrik so‘zi bilan chiqish qilib, ishtirokchilarni Dunyo Ozarbayjonliklarining Birdamlik kuni va yaqinlashib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan tabrikladi. Elchi o‘z nutqida gumanitar va madaniy tashabbuslarning xalqlar o‘rtasida o‘zaro anglashuvni mustahkamlashda muhim rol o‘ynashini bildirib, Ozarbayjonchilik g‘oyasiga Umummilliy Lider, Ulug‘ Rahbar tomonidan asos solinganini, ushbu siyosat janob Prezidentimiz tomonidan muvaffaqiyatli davom ettirilayotganiga diqqat qaratdi. Shuningdek, u O‘zbekistonda yashayotgan Ozarbayjon diasporasi ham birdamligimizning bir qismi ekanini bildirdi.

Tadbirda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Akif Marifli ham Dunyo Ozarbayjonliklarining Birdamlik Kuni milliy birlik va birdamligimizning yorqin ifodasi ekanini qayd etdi. U har ikki davlat prezidentlarining sa’y-harakatlari tufayli Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan hamkorlikning ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilganini qayd etib, bu holat gumanitar va madaniy aloqalarning kengayishi uchun mustahkam zamin yaratganini urg‘uladi.

Konsert dasturining musiqiy qismida Ozarbayjonning taniqli xonandasi Ravon Qachayev va yosh qoʻshiqchi Ulkar Abdullayeva chiqish qildilar. Ularning ijrosida Vatanga, milliy oʻzlikka, doʻstlik va birdamlikka bagʻishlangan qoʻshiqlar yangradi.

Teatr sanʼati Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Xari Bulbul” teatr truppasi tomonidan namoyish etildi. Truppa Ozarbayjon klassik dramaturgiyasi va musiqali teatriga oid sahna koʻrinishlari, shuningdek xalq qoʻshiqlarini tomoshabinlarga taqdim etdi.

Xoreografik qismda esa Madaniyat Markazining huzurida faoliyat yuritayotgan “Qorabogʻ Zafari” raqs ansamblining chiqishlari namoyish etildi. Milliy raqslar xalqimizning tarixiy xotirasi, milliy gʻururi va birlik ruhini aks etdirdi.

Tadbir yakunida mukofotlash marosimi oʻtkazildi. Marosim davomida Oʻzbekistonda Ozarbayjon madaniyatini targʻib etishda faol ishtirok etgan ijodiy jamoalar va jamoatchilik faollari taqdirlandilar. Mukofotlanganlar teatr sanʼati, milliy raqs, tasviriy sanʼat, shuningdek televideniye va media sohalarini qamrab oldi.

Bayram tadbiri Yangi yil munosabati bilan bildirilgan ezgu tilaklar bilan yakunlanib, Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy hamkorlik kelajakda ham muvaffaqiyatli davom ettirilishiga ishonch bildirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling