Toshkentda bozorlarda tijoriy maqsadda suratga olish uchun to‘lov joriy etildi
Toshkentda bozorlarda tijoriy maqsadda suratga olish uchun to‘lov joriy etildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov shahar bozorlari va savdo majmualari hududida tijoriy maqsadda video va foto suratga olish bo‘yicha yangi tariflarni tasdiqladi. Hujjatga ko‘ra, suratga olish narxi bir soatga 5 million so‘m etib belgilandi.
Bundan tashqari, bozorlarda yengil avtomobillar uchun to‘lovli avtoturargoh tariflari ham yangilandi: dam olish kunlarida uch soatgacha avtomobil saqlash 25 ming so‘m, to‘rt soatdan oshsa — 50 ming so‘mni tashkil etadi.
Taʼkidlanishicha, yangi qoidalar xorijiy turistlar va OAV vakillariga taalluqli emas, ular suratga olishni bepul davom ettirishlari mumkin.
Ushbu yangilik tijorat faoliyatini tartibga solish va shahar savdo hududlari ishini samarali tashkil qilishga qaratilgan.