Toshkentda bank xodimi pora olayotganda ushlandi

Toshkentda bank xodimi pora olayotganda ushlandi

Toshkentda bank xodimi pora olayotganda ushlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida yirik aksiyadorlik tijorat banki xodimi 10 ming AQSH dollari miqdoridagi noqonuniy pulni olayotgan vaqtida ushlab olindi.

Tezkor tadbir Toshkent shahri bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazildi.

Maʼlum bo‘lishicha, ushlangan shaxs ekspert faoliyati bilan shug‘ullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari bo‘lib, o‘z aloqalari orqali Samarqand viloyatidagi banklardan biriga 1 milliard 250 million so‘m miqdorida kredit olishda yordam berishni vaʼda qilgan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, sodir etilgan huquqbuzarlikning barcha holatlari hamda ehtimoliy ishtirokchilarni aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling