Toshkentda avtobus 18 yoshli qizni urib yubordi
Toshkentda avtobus 18 yoshli qizni urib yubordi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentning Yangihayot tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, uning oqibatida 18 yoshli qiz jabrlandi.
Hodisa 19 sentyabr kuni soat 07:00 atrofida Choshtepa ko‘chasida ro‘y bergan, YUTONG avtobus haydovchisi yosh ayolni urib yuborgan.
Hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilayotgani haqida poytaxt YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
UzDaily
·
👁 1527 views
·
22.09.2025 · 17:10