Valyuta kurslari 30/01/2026
$1 – 12199.10
UZS – 0,25%
€1 – 14585.24
UZS – -0,02%
₽1 – 160.49
UZS – 0,38%
Qidirish
Toshkentda Aviator Korzinka do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi, barcha fuqarolar evakuatsiya qilindi

Toshkentda Aviator Korzinka do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi, barcha fuqarolar evakuatsiya qilindi

Toshkentda Aviator Korzinka do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi, barcha fuqarolar evakuatsiya qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 31 yanvar kuni soat 15:47 da Toshkent shahar yong‘in-qutqaruv xizmatiga Yashnobod tumanidagi Parkent ko‘chasida joylashgan Aviator Korzinka do‘koni binosida yong‘in chiqqanligi haqida xabar kelib tushdi, deb maʼlum qildi O‘zbekiston FVV.

Qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga soat 15:53 da yetib bordi.

Barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan, hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda. Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, vaziyat Toshkent shahar yong‘in-qutqaruv xizmati tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan.

Yong‘inni bartaraf etish ishlari O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Azizbek Ikramov rahbarligida olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling