Valyuta kurslari 26/11/2025
$1 – 11936.89
UZS – -0,43%
€1 – 13769.20
UZS – -0,39%
₽1 – 151.56
UZS – -0,3%
Qidirish
Toshkentda 3-Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi bo'lib o'tdi

Toshkentda 3-Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi bo'lib o'tdi

Toshkentda 3-Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi bo'lib o'tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uchinchi Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo Iqtisodiy Forumi Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning tobora mustahkamlanayotganini yaqqol namoyon etdi. Samarkandda ilk bor o‘tkazilgan Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo Sammiti, Ashxobodda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi va Vazirlar Uchrashuvi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylarini yaqinda Bryusselga amalga oshirgan tashrifidan so‘ng, Toshkentdagi Forum Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo hamkorligini yangi strategik bosqichga olib chiqqan yilning navbatdagi muhim voqeasiga aylandi.

Ikki mintaqa rahbarlari iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, strategik investitsiyalarni ilgari surish va barqaror o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida uchrashdilar. Forum Yevropa Ittifoqining Global Darvoza strategiyasi doirasidagi yirik maqsadlarni amaliy natijalarga aylantirish uchun asosiy maydon bo‘lib xizmat qildi. Davlat moliyasini isloh qilish, resurslarni mas’uliyatli boshqarish, chegaralarni boshqarish hamda mintaqaviy ekologik tiklashni qo‘llab-quvvatlovchi bir qator yirik dasturlar imzolandi.

Forum, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi ustuvor yo‘nalishlarning tobora uyg‘unlashayotganini tasdiqladi. Xususan, muhim xomashyolar, raqamli transformatsiya, energetika infratuzilmasi hamda boshqaruv islohotlari sohalarida sezilarli yaqinlashuv kuzatildi. Toshkentda kelishilgan natijalar o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash hamda mintaqa bo‘ylab barqarorlik va farovonlikni ilgari surishda muhim qadam bo‘ldi.

Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Komissari Yozef Síkela shunday dedi: “2025-yil Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi Global Darvoza strategiyasi doirasida birgalikda qancha natija bera olishini yana bir bor isbotladi. Biz imkoniyatlardan raqamli o‘zar obog‘liqlik, toza energiya va zamonaviy transport yo‘nalishlarida amaliy natijalarga o‘tmoqdamiz. Bunga yaqqol misol bu muhim xomashyolar bo‘yicha hamkorligimizdir. Bugun men boshqaruvni kuchaytiradigan, standartlarni oshiradigan va Yevropa investorlarining asosiy to‘siqlarini bartaraf etadigan uchta yangi muhim xomashyolar bo‘yicha loyihasini e’lon qildim. Ushbu tashabbuslar orqali biz barqaror o‘sishni qo‘llab-quvvatlaymiz, chidamliligimizni mustahkamlaymiz va ikkala mintaqa uchun yangi imkoniyatlar ochamiz.”

Forum davomida Komissar Yozef Síkela quyidagi ikki tomonlama va mintaqaviy kelishuvlarni taqdim etdi:

DATA4CRM – Geoma’lumotlarni boshqarishni takomillashtirish

Umumiy qiymati 7,5 million yevrolik ushbu Yevropa Jamoasi (Team Europe) tashabbusi geoma’lumot tizimlarini modernizatsiya qilish, geologik ma’lumotlarga kirishni yaxshilash va kritik xomashyolar sektoriga investitsiyalarni rag‘batlantirishga qaratilgan. Loyiha Yevropa Ittifoqi (5 mln yevro) va Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi (2,5 mln yevro) o‘rtasida imzolangan bo‘lib, zamonaviy va ishonchli geologik ma’lumotlarga bo‘lgan investorlar ehtiyojiga javob beradi.

SECURE CRM – Markaziy Osiyoda xomashyo qiymat zanjirlarini mustahkamlash

Umumiy qiymati 3 million yevro bo‘lgan ushbu loyiha BMTning Resurslar tasnifi bo‘yicha (UNFC) standartlariga muvofiq boshqaruvni kuchaytirish orqali mas’uliyatli va shaffof ta’minot zanjirlarini rivojlantiradi. Loyiha Yevropa Ittifoqi va UNODC/UNECE o‘rtasida imzolangan bo‘lib, mintaqaning global talabni qondirish imkoniyatini kuchaytiradi, shu bilan birga barqarorlik va transchegaraviy hamkorlikni ta’minlaydi.

GROW CRM – Markaziy Osiyoda muhim xomashyo faoliyatini kengaytirish

Umumiy qiymati 3 million yevro bo‘lgan ushbu hamkorlik EBRD bilan birgalikda yangi CRM-loyihalarini ishlab chiqish, texnik-iqtisodiy asoslash tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash va tartibga solish tizimlarini takomillashtirishni nazarda tutadi. Bu mintaqada xilma-xillashgan o‘sish va mas’uliyatli resurslarni boshqarish uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Orolbo‘yi loyihasi

Quyi Orolbo‘yi havzasida degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklashga qaratilgan ko‘kalamzorlashtirish dasturi ekologik tiklanish, ijtimoiy-iqtisodiy jonlanish va barqaror yer resurslaridan foydalanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Yevropa Ittifoqi ushbu dasturga 8,8 million yevro ajratadi. EIB va AFD esa har biri 20 million yevro miqdorida kreditlar bilan hissa qo‘shadi.

Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarish dasturi (BOMCA) va Markaziy Osiyo giyohvandlikka qarshi dasturi (CADAP)

BOMCA va CADAP dasturlari 2003-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. BOMCA (12 million yevro) xavfsizlikni va chegara hududlarida yashovchi aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, bu ziddiyatlarning asosiy omillaridan biridir. CADAP dasturi esa sezilarli darajada oshirilgan 18 million yevrolik byudjet bilan giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha hozirgi faoliyatni davom ettiradi hamda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash bo‘yicha yangi yo‘nalishni qo‘shadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling