Toshkentda 288 million dollarlik investitsiyaga ega DP World multimodal logistika terminali ochildi
Toshkentda 288 million dollarlik investitsiyaga ega DP World multimodal logistika terminali ochildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — DP World Tashkent tomonidan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi (YASIZ) hududida barpo etilishi rejalashtirilayotgan DP World Tashkent Freight Terminal yuk terminali loyihasiga bag‘ishlangan taqdimot tadbiri tashkil etildi.
Unda “Yangi avlod” MSZ rezidentlari, loyiha tashabbuskorlari va hamkor tashkilotlar ishtirok etdi.
Taqdimotda loyiha konsepsiyasi, yaratilayotgan infratuzilma va xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Yuk terminalining asosiy ustuvor yo‘nalishi YASIZ rezidentlariga xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish faoliyati uchun samarali logistika tizimini yaratishdan iborat.
DP World Tashkent Freight Terminal loyihasi zamonaviy konteyner temiryo‘l terminali, yuk terminali, bojxona posti, 220 ming kv.m maydonga ega ombor majmuasini barpo etish va tegishli logistika xizmatlarini tashkil etishni nazarda tutadi.
Mazkur loyiha logistika samaradorligini oshirish, yetkazib berish zanjirlarini tezlashtirish hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.