Valyuta kurslari 21/11/2025
$1 – 11914.67
UZS – 0,03%
€1 – 13735.23
UZS – -0,36%
₽1 – 148.27
UZS – 0,53%
Qidirish
Toshkentda 2 ta reduktor ichiga yashirilgan 5 kg sintetik giyohvandlik vositasi aniqlandi

Toshkentda 2 ta reduktor ichiga yashirilgan 5 kg sintetik giyohvandlik vositasi aniqlandi

Toshkentda 2 ta reduktor ichiga yashirilgan 5 kg sintetik giyohvandlik vositasi aniqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bojxona qo’mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyevning ma’lum qilishicha, 31 yoshli taksi haydovchisi 2 dona avtoehtiyot qismni Rossiyadan 200 dollar evaziga O’zbekistonga olib kelib bergan.

Shuningdek, yana bir fuqaro 150 ming so’m evaziga reduktorlarni “Navoiy” bojxona postidan olib o’tib berishga rozi bo’lgan. Bojxona postidagi tekshiruvlarda ehtiyot qismlar ichida 5 kg og’irlikdagi klefedron sintetik giyohvandlik vositasi borligi ma’lum bo’lgan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, giyohvandlik vositasini Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 2 nafar shaxsga eltib berishi kerak bo’lgan kuryer ham qo’lga olingan.

Ta’kidlanishicha, taksist ham, reduktorlarni bojxonadan olib o’tib bergan kishi va kuryer ham ehtiyot qismlar ichiga giyohvandlik vositasi yashirilganini bilmagan.

Bojxona qo’mitasi fuqarolardan bojxona postlari orqali o’zgalarning yuklarini olib o’tib bermaslikni so’ramoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling