Valyuta kurslari 09/12/2025
$1 – 11990.09
UZS – 0,22%
€1 – 13974.45
UZS – 0,03%
₽1 – 157.95
UZS – 1,67%
Qidirish
Toshkentda 1835 dozada kuchli ta'sir ko'rsatuvchi Regapen preparati musodara qilindi

Toshkentda 1835 dozada kuchli ta'sir ko'rsatuvchi Regapen preparati musodara qilindi

Toshkentda 1835 dozada kuchli ta'sir ko'rsatuvchi Regapen preparati musodara qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Biologik faol qo‘shimcha sifatida qadoqlangan kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari aniqlandi

DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvda bo‘lgan poytaxtlik 1970 y.t. shaxsning Uchtepa tumanidagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada uning uyida 1835 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, rasmiylashtirib olindi.

Eng achinarlisi shundaki, tarkibida ko‘p miqdorda pregabalin kuchli taʼsir qiluvchi moddasi bo‘lgan ushbu psixotrop dori vositalarini biologik faol qo‘shimchalar idishlariga qadoqlab, kelgusida ularni yashirin tarzda dorixonalarda yashirib sotish maqsad qilingan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling