Valyuta kurslari 05/12/2025
$1 – 11963.23
UZS – 0,43%
€1 – 13970.66
UZS – 0,7%
₽1 – 155.35
UZS – 1,28%
Qidirish
Toshkentda 100 MVt quvvatga ega gaz-porshenli elektr stansiyasi ishga tushirildi

Toshkentda 100 MVt quvvatga ega gaz-porshenli elektr stansiyasi ishga tushirildi

Toshkentda 100 MVt quvvatga ega gaz-porshenli elektr stansiyasi ishga tushirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun Xalqaro kongress markazida Prezidentimiz ishtirokida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimida barpo etilgan yangi gaz-porshenli elektr stansiyasi rasman ishga tushirildi.

Poytaxtning Yunusobod tumanidagi 4-son issiqlik markazi hududida 100 MVt quvvatga ega zamonaviy gaz-porshenli stansiya barpo etildi va uning ish boshlashi forum doirasida eʼlon qilindi. Loyiha energiya taʼminoti barqarorligini oshirish, tabiiy gaz sarfini qisqartirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

Loyiha Xitoyning CNTIC, Vpower Holdings Singapore Pte. Limited va Cntic Vpower Thermal Energy kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Stansiya generatsiya maydonida 70 ta kogeneratsion gaz-porshen uskunalari, 70 ta issiqlik almashinuv modullari va 35 ta transformator o‘rnatilgan. Shuningdek, 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash maydonida 2 ta kuch transformatori, 9 ta elegaz ajratkich, 6 ta yuqori kuchlanishni ushlab turuvchi qurilma va 4 ta qo‘shib-ajratkich joylashtirilgan.

 Yangi obyekt faoliyat boshlashi bilan 50 ta ish o‘rni yaratildi. Stansiya yiliga o‘rtacha 876 million kVt.soat elektr energiyasi va 784 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqaradi. Bu esa 15 million kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida o‘rtacha 365 ming xonadon elektr energiyasi, 58 ming xonadon esa issiqlik energiyasi bilan taʼminlanlaydi. Bu aholi turmush sifatini oshirish, shuningdek, sanoat tarmoqlari barqaror ishlashi uchun muhim ahamiyatga ega.

Yangi stansiyaning ishga tushirilishi poytaxt isteʼmolchilarini elektr va issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlashda muhim qadam bo‘lib, energiya samaradorligini oshirish va ekologik yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling