Valyuta kurslari 31/03/2026
$1 – 12210.71
UZS – 0,12%
€1 – 14036.21
UZS – -0,09%
₽1 – 150.36
UZS – 0,43%
Qidirish
Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Toshkent xalqaro moliya markazi hamda Markaz tarkibida Toshkent xalqaro tijorat sudi tashkil etiladi.

Markaz hududida quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi: moliyaviy, investitsiya va bank faoliyati, sug‘urta, raqamli (kripto) aktivlar, qimmatli qog‘ozlar, to‘lov tizimlari va xizmatlari, islomiy va yashil moliya;

moliyaviy texnologiyalar bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish va tranzaksiyalarni amalga oshirish, auditorlik, konsalting va yuridik xizmatlar ko‘rsatish.

Markaz hududida konstitutsiyaviy qonun bilan o‘rnatiladigan maxsus huquqiy rejim joriy etiladi.

Markazning boshqaruv organlariga fuqarolik, korporativ, tijorat, moliya, bank, soliq, davlat xaridlari, mehnat huquqi hamda shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish sohasini tartibga soluvchi Markaz hududida tatbiq etiladigan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi beriladi.

Markaz hududida Angliya va Uels umumiy huquqi hamda adolat tamoyillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llaniladi.

Toshkent xalqaro tijorat sudi birinchi instansiya va apellyatsiya sudidan iborat bo‘ladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling