Valyuta kurslari 28/08/2025
$1 – 12412.98
UZS – 0,47%
€1 – 14386.64
UZS – 0,01%
₽1 – 154.28
UZS – 0,23%
Qidirish
O‘zbekiston 28/08/2025 Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi

Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda jamoatchilik guruhlari tomonidan 2025 yilning iyun oyida Quyichirchiq va Chinoz tumanlari IIB vaqtincha saqlash hibsxonalariga monitoring tashriflari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasida Ichki ishlar vazirligiga Ombudsman taqdimnomasi kiritilgan edi.

Ombudsmanga maʼlum qilinishicha, monitoringda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilanib, Quyichirchiq tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga ventilyatsiya tizimi va radioeshittirish qurilmasi o‘rnatildi. Kameralar kerakli anjomlar bilan jihozlandi. Sayr qilish hovlisi va sanitariya tarmoqlari (hojatxona, yuvinish joyi)da taʼmirlash ishlari olib borilib, gigiyena talablariga muvofiqlashtirildi. 

Shu bilan birga, shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalari talablariga zid bo‘lgan Chinoz, Qibray va Yuqorichirchiq tumanlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati Ichki ishlar vazirining 2025 yil 21 iyuldagi tegishli buyrug‘i bilan tugatildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling