Valyuta kurslari 25/06/2025
$1 – 12456.25
UZS – 0,36%
€1 – 14461.71
UZS – 1,57%
₽1 – 158.36
UZS – -0,01%
Qidirish
O‘zbekiston 06/03/2025 Toshkent viloyatida yuz bergan favqulodda holat tufayli BelAZ haydovchisi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatida yuz bergan favqulodda holat tufayli BelAZ haydovchisi halok bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatidagi “Angren” ko‘mir konida BelAZ rusumli avtoag‘dargich ishtirokida baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Natijada haydovchi halok bo‘ldi.

Hodisa 5 mart kuni taxminan soat 10:15 da ro‘y bergan. Tog‘ jinslarni to‘kish vaqtida orqaga sirpanib, ag‘darilib ketgan va yong‘in kelib chiqqan.

Voqea joyiga “O‘zbekko‘mir” korxonasiga qarashli yong‘in o‘chirish bo‘linmalari tezkorlik bilan yetib kelib, yong‘inni bartaraf etgan.

Avtoag‘dargich haydovchisi A. Axmedjanov jiddiy jarohatlar olgan. Unga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan va Angren markaziy kasalxonasiga yetkazilgan. Ammo shifokorlarning barcha saʼy-harakatlariga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

“O‘zbekko‘mir” rahbariyati halok bo‘lgan haydovchining oilasiga hamdardlik bildirdi.

Hozirda huquq-tartibot organlari hodisa sabablarini o‘rganib, tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling