Valyuta kurslari 17/11/2025
$1 – 12039.61
UZS – 0,45%
€1 – 13992.43
UZS – 0,5%
₽1 – 149.17
UZS – 0,21%
Qidirish
Toshkent viloyatida “Yagona buyurtmachi xizmati” DM bosh yuriskonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyatida “Yagona buyurtmachi xizmati” DM bosh yuriskonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyatida “Yagona buyurtmachi xizmati” DM bosh yuriskonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024 yilning dekabr oyida Toshkent viloyatining Bekobod tumanida foydalanishga topshirilgan yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi bo‘yicha prokuratura tomonidan qurilishga oid tekshiruv ishlari olib borilganda, 176 mln so‘mlik kamomad aniqlanadi va qurilishni amalga oshirgan MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hujjatli taftish tekshiruvi tayinlanadi.

Bundan boxabar bo‘lgan, Toshkent viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi bosh yuriskonsulti o‘zining mansabdor tanishlari orqali taftish tekshiruvi natijalarini ijobiy hal qilib berish evaziga MCHJ rahbaridan 8400 AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh yuristkonsult kelishilgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling