Valyuta kurslari 16/01/2026
$1 – 11969.66
UZS – -0,27%
€1 – 13927.90
UZS – -0,4%
₽1 – 152.56
UZS – -0,2%
Qidirish
Toshkent viloyatida qimmatbaho metallarni noqonuniy muomalaga kiritish bilan shug‘ullangan guruhlar faoliyatiga chek qo‘yildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida kriminogen vaziyatni sog‘lomlashtirish hamda qimmatbaho metallar noqonuniy savdosiga aloqador jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida Ohangaron tumani, Angren va Olmaliq shaharlarida tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirildi.

Natijada, 9 nafar fuqaroning yashash xonadonlaridan jami 17,5 tonna tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan qum va toshlar, ularga ishlov berishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, 135 g oltin, 25 g “marixuana” giyohvandlik vositasi, 1 dona ov quroli va 42 dona o‘q-dori protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling