Valyuta kurslari 04/03/2026
$1 – 12209.86
UZS – 0,16%
€1 – 14170.76
UZS – -0,93%
₽1 – 157.53
UZS – 0,03%
Qidirish
Toshkent viloyatida prokuratura xodimi pora olishda gumon qilinib hibsga olindi

Toshkent viloyatida prokuratura xodimi pora olishda gumon qilinib hibsga olindi

Toshkent viloyatida prokuratura xodimi pora olishda gumon qilinib hibsga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatida pora olishda gumon qilingan prokuratura xodimiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Toshkent viloyati prokuraturasining devonxona noziri O‘rtachirchiq tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha aniqlangan 276 mln so‘mlik jarimani vakolatli tanishlari orqali bartaraf etib berish va unga nisbatan chora ko‘rilmasligini taʼminlash evaziga 9 ming AQSH dollari talab qilgan.

Shuningdek, devonxona noziri hozirda Namangan shahridagi nufuzli oliygohda o‘qiyotganligi bois, talab etilgan pulni shu joyga olib kelib berishni so‘ragan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 9 ming AQSH dollarini Namangan viloyatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan ushbu shaxs va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, devonxona noziriga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hurmatli fuqarolar kundalik hayotda bu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling