Toshkent viloyatida pora evaziga sud hukmini o‘zgartirib bermoqchi bo‘lgan advokat ushlandi
Toshkent viloyatida pora evaziga sud hukmini o‘zgartirib bermoqchi bo‘lgan advokat ushlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatida O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan advokatlik byurolaridan biriga tegishli advokat 10 ming AQSH dollarini olayotgan paytda qo‘lga olindi.
Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, advokat sud tizimidagi aloqalari orqali mahalliy fuqaroga nisbatan avval chiqarilgan sud hukmini o‘zgartirishni, yaʼni ikki yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosini ozodlikni cheklash jazosiga almashtirishni vaʼda qilgan.
Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXXda taʼkidlanishicha, bunday huquqbuzarliklar haqida fuqarolar 1520 qisqa raqami orqali xabar berishlari mumkin, bunda maʼlumotlar maxfiyligi kafolatlanadi.