Toshkent viloyatida muddati o‘tgan dori vositalari muomalasiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyatida muddati o‘tgan dori vositalari muomalasiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyatida muddati o‘tgan dori vositalari muomalasiga chek qo‘yildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatida farmatsevtika korxonasida muddati o‘tgan dori vositalari qayta qadoqlanib sotilishining oldi olindi.

Toshkent viloyati Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda “Parkent” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan farmatsevtika korxonasida sifatsiz dori vositalari muomalasiga chek qo‘ydi.

Tekshiruv davomida korxonaning omborxonasida 55 840 dona muddati o‘tgan “Menovazin” preparati, 25 000 dona vodorod peroksidi, 50 800 dona etil spirti hamda 28 milliondan ortiq yorliq va etiketkalar aniqlandi.

Maʼlum bo‘lishicha, muddati o‘tgan dori vositalarini qayta qadoqlab, ularni 2025–2026 yillarda ishlab chiqarilgan yangi mahsulot sifatida sotish rejalashtirilgan.

Aniqlangan barcha mahsulotlar musodara qilindi, huquqbuzarlikning barcha holatlarini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling