Valyuta kurslari 09/10/2025
$1 – 12072.03
UZS – 0,28%
€1 – 14016.83
UZS – -0,2%
₽1 – 148.01
UZS – 0,95%
Qidirish
Toshkent viloyatida hokimlik xodimining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyatida hokimlik xodimining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyatida hokimlik xodimining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Ohangaron tuman hokimligi bosh yuriskonsulti “Eyvalek” MFYda joylashgan va hokimlik balansida bo‘lgan xonadonni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Taʼkidlash lozimki, bosh yuriskonsult muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling