Valyuta kurslari 24/10/2025
$1 – 12129.33
UZS – 0,23%
€1 – 14061.53
UZS – 0,21%
₽1 – 149.17
UZS – 0,78%
Qidirish
Toshkent viloyatida «Great Silk Road Business Cooperation Forum» xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkent viloyatida «Great Silk Road Business Cooperation Forum» xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkent viloyatida «Great Silk Road Business Cooperation Forum» xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 13–14 noyabr kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Chimgan Resort» mehmonxonasi hududida «Chegarasiz hamkorlik» shiori ostida «Great Silk Road Business Cooperation Forum» xalqaro biznes-forumi o‘tkaziladi.

Forumda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjondan tashrif buyuruvchi 300 dan ortiq biznes yetakchilari, shuningdek savdo va investitsiyalar vazirliklari vakillari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Forum Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon o‘rtasida o‘zaro savdoni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish hamda sanoat kooperatsiyasini kengaytirishda muhim mintaqaviy maydonga aylanishi, shuningdek iqtisodiy hamkorlikning yangi shakllarini ilgari surishga katta hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Forum dasturidan o‘rin olgan asosiy tadbirlar:

"Markaziy Osiyo va Ozarbayjon hamkorligining yangi istiqbollari" mavzusidagi plenar sessiya

savdo, transport va logistika, sanoat, energetika, texnologiya va innovatsiyalar yo‘nalishlarida panel muhokamalari

V2V uchrashuvlar va investitsiya loyihalari taqdimotlari

«Galstuksiz muloqot» formatidagi ochiq fikr almashuvi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling