Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
O‘zbekiston 24/03/2025 Toshkent viloyatida avtomobil yonib ketishi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi

Toshkent viloyatida avtomobil yonib ketishi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 24 mart kuni soat tahminan 17:30 larda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tgan D 002 “Toshkent sh. — Nurafshon sh.” avtomobil yo‘lining 17-kmda qayrilib olish mumkin bo‘lgan joydan "Nexia 2" rusumli transport vositasi qayrilib olayotgan vaqtida “Nurafshon-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Kobalt” rusumli avtomobil bilan to‘qnashib yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Yo‘l transport hodisasi natijada "Nexia 2" rusumli avtoulovda yong‘in kelib chiqqan.

YTH va yong‘in natijasida harakat ishtirokchilarini sog‘lig‘iga ziyon yetmagan,

Hozirda yong‘in to‘liq o‘chirilib, xolat yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling