Valyuta kurslari 26/12/2025
$1 – 12078.47
UZS – 0,09%
€1 – 14234.48
UZS – -0,04%
₽1 – 155.23
UZS – 0,99%
Qidirish
Toshkent viloyati Saudiya Arabistoni bilan investitsiya hamkorligini mustahkamlamoqda

Toshkent viloyati Saudiya Arabistoni bilan investitsiya hamkorligini mustahkamlamoqda

Toshkent viloyati Saudiya Arabistoni bilan investitsiya hamkorligini mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Saudiyaning investisiyalar vaziri yordamchisi Imrahim al Mubarak bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi o‘zaro savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik yil sayin izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlanib, mazkur ijobiy jarayon har ikki davlat rahbarlari o‘rtasida shakllangan ochiq, samimiy va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlar samarasi ekani alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, uchrashuvda Toshkent viloyati O‘zbekistonning aholi zich, iqtisodiy faol va infratuzilmaviy jihatdan muhim hududlardan biri ekani, hududda sanoat, energetika, infratuzilma, xizmatlar va turizm sohalarida yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun katta salohiyat mavjudligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Viloyat rahbari saudiyalik investorlar uchun Toshkent viloyatida shaffof, barqaror va qo‘llab-quvvatlovchi investisiya muhiti yaratishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

O‘z navbatida, Imrahim al Mubarak bu kabi samimiy uchrashuvlarni o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholab, saudiyalik tadbirkorlar ham yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va ularni izchil amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling