Valyuta kurslari 21/01/2026
$1 – 12073.29
UZS – 0,18%
€1 – 14158.35
UZS – 1,07%
₽1 – 155.16
UZS – 0,3%
Qidirish
Toshkent viloyati hokimi Xitoy kompaniyasi bilan chiqindilarni qayta ishlash va yashil iqtisodiyotni rivojlantirish loyihalarini muhokama qildi

Toshkent viloyati hokimi Xitoy kompaniyasi bilan chiqindilarni qayta ishlash va yashil iqtisodiyotni rivojlantirish loyihalarini muhokama qildi

Toshkent viloyati hokimi Xitoy kompaniyasi bilan chiqindilarni qayta ishlash va yashil iqtisodiyotni rivojlantirish loyihalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Xitoy Xalq Respublikasida chiqindilarni qayta ishlash sohasida muvaffaqiyatga erishib kelayotgan “Shanxay Taysin” atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi vakillarini qabul qildi.

Uchrashuv avvalida har ikki tomon O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo aloqalari, iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik borasida amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan natijalar bo‘yicha fikr almashdi.

Xorijlik investorlar O‘zbekistondagi barqaror iqtisodiy muhit va investorlarga berilayotgan qulay sharoit va imtiyozlarni yuqori baholab, Toshkent viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni termik qayta ishlash, chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish, yaroqsiz yog‘larni foydali xomashyoga aylantirish, kanalizatsiya suvlarini tozalash, atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yo‘nalishlarida bir qancha loyihalarni amalga oshirish taklifini bildirdi.

Viloyat hokimi o‘z navbatida, ekologik barqarorlikni ta’minlash, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda aholi turmush sifatini yaxshilash hudud rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlab, o‘zaro manfaatli hamkorlikka hamisha ochiq ekanini ma’lum qildi.

Shundan so‘ng viloyat rahbari kanalizatsiya va turli korxonalardan chiqadigan ikkilamchi suvlarni hamda qurilish sohasidagi chiqindilarni qayta ishlash, oshxona va restoranlardagi yaroqsiz yog‘larni foydali mahsulotga aylantirish loyihalariga qiziqish bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur istiqbolli loyihalarni birgalikda ko‘rib chiqish, ularning texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish hamda hamkorlikning amaliy tomonlarini yana muhokama qilishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling