Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent viloyati delegatsiyasi Nijniy Novgorodda IT-ta’lim tajribasini o‘rganmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni paytda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahrida bo‘lib turibdi.
Tashrif dasturidan qator uchrashuvlar, amaliy muzokaralar, hamkorlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga doir bir qancha kelishuvlar ko‘zda tutilgan.
Bugun delegatsiya a’zolari viloyat hokimi boshchiligida shaharning bir qator diqqatga sazovor manzillarida bo‘lishdi.
Shulardan biri Nijniy Novgorod shahrida joylashgan IT sohalari bo‘yicha yetakchi mutahassislar tayyorlovchi «NEYMARK» ta’lim kampusidir.