Valyuta kurslari 17/02/2026
$1 – 12191.30
UZS – -0,24%
€1 – 14464.98
UZS – -0,21%
₽1 – 158.51
UZS – 0,08%
Qidirish
Toshkent viloyati delegatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi bilan sanoat muloqotini kengaytirmoqda

Toshkent viloyati delegatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi bilan sanoat muloqotini kengaytirmoqda

Toshkent viloyati delegatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi bilan sanoat muloqotini kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasiga xizmat safari davom etmoqda.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi sohaviy rahbarlar, ishbilarmon doira vakillaridan iborat guruhning kun tartibi samarali uchrushuv va muloqotlarga boy bo‘lmoqda.

Xususan, mezbon mamlakatning “Bit” kompaniyalar guruhi tarkibidagi “ElKom” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ham bo‘linib, bu yerdagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi hamda kompaniya mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur jamiyat 2014-yilda tashkil etilgan bo‘lib, elektr taqsimlash va boshqaruv uskunalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy sanoat korxonasi hisoblanadi. Kompaniya listli metalldan elektr shkaflari va turli xil metall korpuslar, shuningdek, mijozlar buyurtmalari asosida uskuna, mexanizm va ehtiyot qismlar tayyorlaydi.

Ishlab chiqarish jarayoni to‘liq sikl asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, metallni kesish va shakl berishdan tortib, robotlashtirilgan payvandlash, kukunli bo‘yoq bilan qoplash va yig‘ish ishlarigacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oladi. Barcha asosiy operatsiyalar zamonaviy dastgohlarda amalga oshiriladi. Korxonaning tayyor va butlovchi qismlariga talab va ehtiyoj nafaqat mamlakat, balki xorijda ham katta.

Muloqot davomida ikki tomonlama sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish, elektrotexnika va metallni qayta ishlash sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va bu jarayonda taraflardagi mavjud imkoniyat hamda resurslardan keng foydalanish masalalari o‘rtaga tashlandi.

Shuningdek, investisiyaviy hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha ham yo‘nalishlar belgilab olindi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, istiqbolli loyihalarni amaliy bosqichga olib chiqish va hududlar o‘rtasida sanoat aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarishga kelishib olindi.

Mazkur uchrashuv Toshkent viloyati va Boshqirdiston Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikni kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam sifatida qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling