Toshkent va Stokgolm hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent va Stokgolm hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent va Stokgolm hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 

O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nurimbetov Stokgolm shahri vitse-meri Anders Osterberg bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Samimiy va do‘stona ruhda kechgan muloqotda ikki mamlakat hududlari, jumladan Toshkent va Stokgolm o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri sheriklik aloqalarini o‘rnatish va mavjud hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralarda iqtisodiyot, savdo, innovatsiyalar, madaniyat va turizm sohalarida o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash hamda yangi g‘oya va tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Stokgolmda istiqomat qilayotgan va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zbek diasporasining shved jamiyatidagi o‘rni va roli, ular bilan hamkorlikda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish masalalari ham uchrashuv kun tartibidan alohida o‘rin oldi.

Vitse-mer Anders Osterberg o‘zbekistonliklarning shahar iqtisodiyoti va turli tarmoqlardagi faoliyatini muvaffaqiyatli va sadoqatli amalga oshirayotganini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlarda hamjihatlikda amaliy ishlar yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling