Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 22/04/2025 Toshkent va Samarqand viloyatida amaldorlar o‘rtasidagi korrupsiya holatlari fosh etildi

Toshkent va Samarqand viloyatida amaldorlar o‘rtasidagi korrupsiya holatlari fosh etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahri va Samarqand viloyatida taʼlim, bojxona, ekologiya va favqulodda vaziyatlar tizimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxslar o‘rtasida korrupsiya holatlari aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari va Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida poytaxtdagi maktab va maktabgacha taʼlim tuman bo‘limi boshlig‘i tarix fani o‘qituvchisini maktab direktori lavozimiga tayinlashda yordam berish evaziga 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, Toshkent viloyatida “Yangiyul” bojxona posti inspektori vositachi orqali 2700 dollar olgan holda Qozog‘istondan import qilinayotgan va qayta ishlanayotgan bug‘doy yuklangan vagonlarni tekshirish va rasmiylashtirishsiz o‘tkazishni vaʼda qilgan.

Samarqand viloyatida Jamboy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i xususiy bolalar bog‘chasiga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ijobiy xulosa berish uchun 200 dollar talab qilgan va pulni olgan vaqtda ushlangan.

Shuningdek, Paxtachi tuman ekologiya bo‘limi boshlig‘i 2 ming dollar olgan holda qum-shag‘al olish uchun ekologik xulosa va ruxsatnoma berishni vaʼda qilgan.

Barcha gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular qamoqqa olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling