Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent va Pekin ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Konstruktiv ruhda o‘tgan suhbat davomida tomonlar o‘zbek-xitoy munosabatlarini yana-da mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, gumanitar aloqalarni, jumladan, madaniy va taʼlim sohasidagi almashinuvlarni kengaytirish bo‘yicha tashabbuslar ham ko‘rib chiqildi.