Valyuta kurslari 22/10/2025
$1 – 12011.02
UZS – -0,41%
€1 – 13958.01
UZS – -0,76%
₽1 – 148.08
UZS – -0,53%
Qidirish
Toshkent va Nijniy Novgorod viloyatlari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Toshkent va Nijniy Novgorod viloyatlari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Toshkent va Nijniy Novgorod viloyatlari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi xizmat safari bilan Rossiya Federatsiyasida amaliy tashrif bilan bo‘ldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning Nijegorod viloyati gubernatori Gleb Nikitin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Nijegorod viloyati — Rossiyaning Markaziy Yevropa qismida joylashgan salohiyatli ma’muriy hudud bo‘lib, aholisi qariyb 3,1 mln kishini tashkil etadi. Viloyat tarkibida 51 ta munisipal tuzilma mavjud. Ma’muriy markazi — Nijniy Novgorod shahri.  

Nijegorod viloyati yuqori texnologiyali, ilmiy ishlab chiqarish tarmoqlari tufayli tez rivojlanayotgan sanoat markazlari qatorida e’tirof etiladi. Viloyatda 600 ta yirik va o‘rta sanoat korxonalari, 50 ga yaqin ilmiy-tadqiqot institutlari va loyiha ofislari faoliyat yuritadi. 

Shuningdek, Nijegorod viloyati qo‘l mehnati va hunarmandchilik namunalari, madaniy-ma’rifiy, kruiz, sog‘lomlashtirish, qishloq va eko turizm tarmoqlari bilan nom qozongan. Hududda 3539 ta tarixiy, madaniy va me’moriy yodgorlik bor. 

savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni yangi bosqichda rivojlantirish imkoniyatlari xususida fikr almashdilar. 

Zoyir Mirzayev mezbonlar bilan muloqot chog‘ida davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatmizda amalga oshirilayotgan ko‘p qirrali islohotlar va ularning hayotbaxsh natijalarini, xususan, viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini alohida urg‘uladi. 

Muloqot chog‘ida o‘zaro kadrlar tayyorlash, migratsiya masalalari bo‘yicha hamkorlik, ma’lum yo‘nalishlardagi sanoat korxonalari tarmoqlarini Toshkent viloyatiga jalb qilish, o‘z navbatida, viloyatimiz korxonalarining mazkur hududda ulgurji savdo va tayyorlov markazlarini tashkil etish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida muhim kelishuvlarga erishildi. 

Toshkent viloyati hokimligi va Nijegorod viloyati hukumati o‘rtasida hamkorlik Bitimi imzolandi. 

Mazkur hujjat kelgusi yillarda tomonlar o‘rtasida sanoat, savdo, investisiya va innovasion faoliyat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan va texnika, madaniyat, turizm hamda mehnat munosabatlari yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollarini belgilaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling