Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
Toshkent va Minsk hamkorlikni ikki tomonlama va ko‘p tomonlama darajada faollashtirishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 26-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida oliy va yuqori darajalarda erishilgan kelishuvlarning ijrosi jarayoni muhokama qilindi hamda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama platformalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni bosqichma-bosqich kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar yaqin davr uchun ikki tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqib, amaliy natijalarga erishish maqsadida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling