Valyuta kurslari 24/10/2025
$1 – 12129.33
UZS – 0,23%
€1 – 14061.53
UZS – 0,21%
₽1 – 149.17
UZS – 0,78%
Qidirish
Toshkent va Gruziyaning Reformatiks firmasi turizm sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi

Toshkent va Gruziyaning Reformatiks firmasi turizm sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi

Toshkent va Gruziyaning Reformatiks firmasi turizm sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahri hokimining o‘rinbosari Sandjar Tadjiev Gruziya Respublikasining “Reformatiks” konsalting kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Delegatsiyaga “Reformatiks” konsalting kompaniyasining maslahatchisi Otar Berdzenishvili boshchilik qildi.

Delegatsiya tarkibiga turizm sohasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari kirgan.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, turizm sohasida istiqboldagi yirik loyihalar, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari, qolaversa, sohani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Sandjar Tadjiev mintaqalararo aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi va bunday tashriflar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni rivojlantirish hamda ishbilarmonlik munosabatlarini chuqurlashtirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Muzokaralar davomida joriy yilning noyabr oyida tomonlar o‘rtasida Tblisi va Toshkent shahri o‘rtasida yirik turizm loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolanishiga kelishib olindi.

Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan, “Reformatiks” konsalting kompaniyasi ekspertlarining mamlakatimizga o‘nga yaqin tashrifi amalga oshirildi. Ekspertlarning hududlardagi turistik manzillarga tashriflari natijasida sayyohlik infratuzilmasini shakllantirish, yangi turistik mahsulotlar yaratish hamda xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha istiqbolli takliflar ishlab chiqildi. Shuningdek, amalga oshirilgan o‘rganishlar asosida yurtimizda turizmni 2040 yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasining 9 ta yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta oraliq hisobot taqdim etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling