Valyuta kurslari 15/10/2025
$1 – 12185.11
UZS – 0,29%
€1 – 14081.11
UZS – -0,04%
₽1 – 152.58
UZS – 1,42%
Qidirish
Toshkent va Geongsangbuk-do birgalikda taʼlim kurslarini va o‘zbek mutaxassislarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga joylashtirishni kelishib oldilar

Toshkent va Geongsangbuk-do birgalikda taʼlim kurslarini va o‘zbek mutaxassislarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga joylashtirishni kelishib oldilar

Toshkent va Geongsangbuk-do birgalikda taʼlim kurslarini va o‘zbek mutaxassislarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga joylashtirishni kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev boshchiligidagi delegatsiya Koreyaning Geongsangbuk-do provinsiyasi gubernatori Li Chol Vu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Geongsangbuk-do (Gyeongsangbuk-do) —Koreyaning shimoli-sharqiy qismida joylashgan yirik provinsiya bo‘lib, u 22 ta shahar va okrugni o‘z ichiga oladi.

Iqtisodiy yo‘nalishlari — sanoat (mashinasozlik, elektronika, kemasozlik), qishloq xo‘jaligi va turizm.

Muloqotda tomonlar malakali kadrlarni O‘zbekistonda tayyorlab, Geongsangbuk-do hududidagi korxonalarda E-7 (malakali ishchi) vizasi asosida ishga joylashtirish masalalarini kelishib oldilar.

Provinsiya hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan “Hududiy E-7 viza sinov dasturi” — xorijiy, jumladan, O‘zbekistondan kelgan malakali mutaxassislarni Koreyaning yetakchi sanoat kompaniyalariga ishga jalb etishni nazarda tutadi.

Muzokaralar doirasida Koreya yoki O‘zbekistondagi universitetlarda aynan:

“Yarim o‘tkazgichlar, Oziq-ovqat sanoati, To‘qimachilik, Biotexnologiya, Sunʼiy intellekt (AI), Robototexnika, Kelajak mobil texnologiyalari, Energetika kabi yo‘nalishlarda tahsil olgan talabalar bitirgandan so‘ng, E-7 vizasini soddalashtirilgan tartibda olish, Koreyaga kirish va ishlash imkoniyatini yaratishga kelishildi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

Diplom (bakalavr yoki magistr) + 1 yillik ish tajribasi;

Diplom (bakalavr yoki magistr) + TOPIK 2 + yoki KIIP sertifikati;

Kyongsangbuk-do provinsiyasining yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlarida kamida 3 yillik rasmiy ish tajribasiga ega bo‘lgan + TOPIK 3 sertifikatiga ega nomzodlar;

Ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda bakalavr yoki magistrlik darajasini tugatayotganlar + TOPIK 2 + yoki KIIP sertifikatiga ega bo‘lganlar loyihada ishtirok etishi mumkin.

Shuningdek, hamkorlar bilan o‘zbekistonliklar uchun maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish tizimini joriy etish va viza jarayonlarini soddalashtirishga kelishildi.

Geongsangbuk-do provinsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida malakali kadrlarni tayyorlash va ularni Koreyada ishga joylashtirish yuzasidan uch tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling