Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
O‘zbekiston 03/08/2025 Toshkent va Farg‘ona shaharlarida noqonuniy diniy taʼlim hamda qonunga xilof ravishda diniy adabiyotlar chop etish holatlari aniqlandi

Toshkent va Farg‘ona shaharlarida noqonuniy diniy taʼlim hamda qonunga xilof ravishda diniy adabiyotlar chop etish holatlari aniqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi, 1993 y.t. shaxs Olmazor tumanining “Jiydali” MFYda vaqtincha istiqomat qilayotgan xonadonda 2025 yilning may oyidan buyon 15 nafar yoshlarga noqonuniy diniy taʼlim beradi va buning evaziga har biridan 150 AQSH dollarini olib keladi.

Aniqlanishicha, Respublikaning turli hududlaridan kelgan, 2004-2014 yillar oralig‘ida tug‘ilgan bu "ilm izlovchilar"ning 11 nafari voyaga yetmagan bo‘lib, achinarlisi, ular orasida 3 yildan buyon maktabga bormayotgan o‘quvchi ham bor.

Xuddi shu mahallada ijaraga olingan yana bir xonadonda ham poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi, 1977 y.t., shaxs joriy yilning iyun oyidan buyon

10 nafar voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy taʼlim berib, evaziga har biridan 100 AQSH dollari hamda yegulik uchun oziq-ovqat maxsulotlarini talab qilgan.

Albatta, bu shaxsning uddaburonligini aytmaslik mumkin emas. Huquq tartibot organlari tomonidan xonadonda tekshiruvlar o‘tkazilishi ehtimolini hisobga olib, bolalarni yashirish uchun qo‘lbola yerto‘la qurdirgan. Mazkur yerto‘la, yaʼni “quduq” temir qopqoq bilan yopilib, tosh va qum bilan berkitilgan. Bu bilan u bolalarning hayotini qanchalik xavf ostiga qo‘yayotganini xatto o‘ylab ham ko‘rmagan.

Bu noqonuniy harakatni shu yo‘sinda yashirishga urinishi hech bir qolipga sig‘maydi.

Savol tug‘iladi, farzandini bilim olish maqsadida ushbu shaxsga topshirgan ota-onalar! o‘z zurriyotingiz yerto‘lada saqlanganidan xabaringiz bormi?

Har ikki holat bo‘yicha maxalla fuqarolar yig‘inida sayyor sud o‘tkazilib, ushbu shaxslar MJtKning 241-moddasi asosida javobgarlikka tortildi.

Taʼkidlash joizki, ular noqonuniy diniy taʼlim berishda maxsus gologrammaga ega bo‘lmagan, norasmiy shaklda chop etilgan mavzuga oid adabiyotlar va turli qo‘lyozmalardan foydalangani aniqlandi.

Xo‘sh, bu kabi adabiyot va qo‘lyozmalar o‘zi qayerda chop etilmoqda?

Mazkur yo‘nalishda Farg‘ona viloyatida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash bilan bog‘liq holat aniqlandi.

Buvayda tumanida yashovchi, 1991 y.t. fuqaro yashash xonadoni va o‘ziga tegishli umumiy ovqatlanish shahobchasida bosmaxona tashkil qilib, diniy mazmundagi kitoblarni chop etish bilan shug‘ullangan. Maʼlum bo‘lishicha, u mazkur kitoblarni Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi kitob do‘konlariga yetkazib bergan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida kelgusida sotish maqsadida tayyorlab qo‘yilgan 1210 dona kitob, 2000 dona yarim tayyor holatga keltirilgan bosma mahsuloti hamda 6 ta chop etish dastgohlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Taʼkidlash lozimki, ushbu shaxs 2024 yilning iyul oyida muqaddam diniy mazmundagi kitoblarni qonunga xilof ravishda chop etgani uchun Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddasi bilan jarimaga tortilgan bo‘lsa-da, yana noqonuniy harakatlarini davom ettirgan.

Hozirda, mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zo‘ravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan g‘oyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi.

Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling