Valyuta kurslari 19/03/2026
$1 – 12178.85
UZS – 0,41%
€1 – 14053.18
UZS – 0,6%
₽1 – 146.54
UZS – -0,98%
Qidirish
Toshkent va Chorvoq o'rtasida mavsumiy avtobus qatnovi 23-martdan boshlanadi

Toshkent va Chorvoq o'rtasida mavsumiy avtobus qatnovi 23-martdan boshlanadi

Toshkent va Chorvoq o'rtasida mavsumiy avtobus qatnovi 23-martdan boshlanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga grafik asosida qatnovchi mavsumiy avtobuslar harakati 23-mart sanasidan boshlanadi.

1226-sonli «Mashinasozlar metrosi — Chorbog‘» avtobus yo‘nalishida MAN RR3 rusumli zamonaviy turistik avtobuslar yolovchilarga xizmat korsatadi.

Yo‘lkira narxi 25 ming so‘m etib belgilangan.

Harakat jadvali:

Avtobus Mashinasozlar metrosi bekatidan har kuni soat 06:00 da jonaydi.

So‘nggi qatnov Chorvoq tomondan soat 20:30 da amalga oshirilib, soat 22:00 da Mashinasozlar metrosida yakunlanadi.

Qatnovlar har 1,5 soatda bajariladi. Safar vaqti taxminan 1 soat 30 daqiqa.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling