Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 05/04/2025 Toshkent tumanida ikki uy va uchta avtomobil yonib ketdi: jabrlanganlar yo‘q

Toshkent tumanida ikki uy va uchta avtomobil yonib ketdi: jabrlanganlar yo‘q

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4-aprel kuni soat 18:20da Toshkent viloyati FVB Tezkor boshqaruv markaziga Toshkent tumani, “Farovon” MFY, Ulug‘bek ko‘chasidagi bir-biriga tutash qurilgan 2 ta binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, yong‘in o‘chirish ekipajlari yong‘in joyiga soat 18:28 da yetib borib, alanga soat 18:38 da o‘rab olingan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 19:03 da to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida binolarning jami 145 metr kv. maydoni va ushbu hududdagi foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan, nosoz holdagi 3 ta Damas rusumli avtoulovlar yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning sa'y harakatlari natijasida binoning jami 700 metr kv. maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling