Toshkent shahrining Sergeli va Yunusobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
Toshkent shahrining Sergeli va Yunusobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrining Sergeli va Yunusobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.
Davron Ismatov Sergeli tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
U 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, oliy maʼlumotli bo‘lib, Toshkent moliya instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar, 2024 yil fevral oyidan buyon Toshkent shahri Markaziy banki bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Yunusobod tumani hokimi etib Abrorxo‘ja Saidaliyev tayinlandi. U 1994 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 2017 yilda O‘zbekiston Milliy universitetini, 2021 yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
U 2018 yildan Mirzo-Ulug‘bek tumani hokimiyatida ishlab kelgan, 2022 yil iyun oyidan esa moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokimning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limiga rahbarlik qilgan.