Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi
Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi va Bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan D.N. fuqaro B.S.ga xorijda ishlab chiqarilgan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 9 turdagi jami 542 quti dori vositalarini 6 400 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xulosalariga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan dori vositalariga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi, shuningdek saqlash sharoitlariga amal qilinmaganligi qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.