Valyuta kurslari 15/12/2025
$1 – 12097.93
UZS – 0,42%
€1 – 14194.50
UZS – 0,68%
₽1 – 151.77
UZS – -0,09%
Qidirish
Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 15–17-dekabr kunlari Toshkent shahrida  Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Tadbirning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo davlatlari hamda Koreya Respublikasi o‘rtasida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosini taʼminlashga ko‘maklashish, parlamentlararo muloqotni chuqurlashtirish va o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.

“Inson qadri, ijtimoiy adolat va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi uchinchi yig‘ilishning yalpi majlisi Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi yaqin istiqbolga mo‘ljallangan mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlanadi.

«Iqtisodiy hamkorlik, raqamli transformatsiya va sanoat: mintaqalar rivojining taraqqiyot yo‘llari» hamda  «Barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish: ekologik tashabbuslarni amalga oshirishda parlamentlarning roli» mavzularida 2 ta sessiya o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Shuningdek, parlamentlararo komissiyalar va do‘stlik guruhlari aʼzolari ishtirokidagi uchrashuvlarda qonunchilik sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida think-tank va ilmiy doiralar vakillari bilan muhokamalar tashkil qilish ham nazarda tutilgan.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Qo‘shma deklaratsiya qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Taʼkidlash joiz, mazkur formatdagi birinchi uchrashuv 2023-yil 19-sentabrda Seul shahrida, ikkinchisi esa 2024-yil 14-oktabrda Ashxobodda bo‘lib o‘tgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling