Valyuta kurslari 28/10/2025
$1 – 12053.46
UZS – -0,53%
€1 – 14026.61
UZS – -0,3%
₽1 – 152.43
UZS – 1,97%
Qidirish
Toshkent shahrida bir kechada 174 ta daraxt kesilib, 1,4 milliard soʻmdan ortiq zarar yetkazildi

Toshkent shahrida bir kechada 174 ta daraxt kesilib, 1,4 milliard soʻmdan ortiq zarar yetkazildi

Toshkent shahrida bir kechada 174 ta daraxt kesilib, 1,4 milliard soʻmdan ortiq zarar yetkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 25-oktabr kuni tungi vaqtda “daraxtlarning kesilganlik holati” bo‘yicha video tarqaldi. Ekologiya vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi mas’ullari tomonidan holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazilganda Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Nukus va Bobur ko‘chalari kesishmasidan boshlab avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan jami 174 tup daraxt va buta kesilgani aniqlandi.

Ekologiya inspektori tomonidan holat yuzasidan tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 1 milliard 460 million 952 ming so‘m zarar hisoblandi.

Shu bilan birgalikda, Toshkent shahar hokimligi rahbariyati vaziyatni shaxsan o‘z nazoratiga oldi, atrof-muhitga zarar yetkazgan aybdor mutasaddi shaxslarga nisbatan qonunchilik normalariga muvofiq qat’iy chora ko‘rilishi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, kelgusida shahar hududida bu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun vazirlik bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, inspektorlar tomonidan to‘plangan barcha hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilishini ta’minlash uchun prokuratura organlariga yuborilgan.

Bundan tashqari, hokimlik tomonidan kesilgan daraxtlarning o‘rniga 62,1 ming dona buta va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishi ma’lum qilingan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling