Valyuta kurslari 17/02/2026
$1 – 12191.30
UZS – -0,24%
€1 – 14464.98
UZS – -0,21%
₽1 – 158.51
UZS – 0,08%
Qidirish
Toshkent shahri Yunusobod tumanida turar joydagi yong‘in bartaraf etildi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida turar joydagi yong‘in bartaraf etildi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida turar joydagi yong‘in bartaraf etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 17 fevral kuni soat 15:47 da Toshkent shahri Yunusobod tumani Niyozbek yo‘li ko‘chasida joylashgan turar joylardan birida yong‘in chiqqanligi haqida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushdi.

Qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga soat 15:54 da tezkor ravishda yetib bordi. Yong‘in soat 15:59 da lokallashtirilib, soat 16:02 da to‘liq o‘chirildi.

Yong‘in natijasida turar joyning tom qismi va ichki hududi taxminan 70 kvadrat metr maydonda zarar ko‘rdi.

Jabrlanganlar yo‘q. Hozirda sodir bo‘lgan hodisaning sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling