Valyuta kurslari 12/11/2025
$1 – 11990.00
UZS – -0,21%
€1 – 13866.44
UZS – -0,24%
₽1 – 147.55
UZS – -0,51%
Qidirish
Toshkent shahri va Toshkent viloyati xorijiy korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

Toshkent shahri va Toshkent viloyati xorijiy korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

Toshkent shahri va Toshkent viloyati xorijiy korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 17 188 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona faoliyat yuritmoqda, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Eng ko‘p xorijiy kompaniyalar Toshkent shahrida joylashgan — 10 962 ta korxona. Shuningdek, Toshkent viloyatida ham 2 174 ta shunday korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Xorijiy korxonalar nisbatan ko‘p joylashgan hududlar qatorida Samarqand viloyati (643 ta), Surxondaryo viloyati (482 ta) va Farg‘ona viloyati (589 ta) ham bor.

Eng kam xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar Qashqadaryo viloyatida (157 ta) va Xorazm viloyatida (188 ta) qayd etilgan.

Hududlar kesimida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni (dona):

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 197
Andijon viloyati — 393
Buxoro viloyati — 351
Jizzax viloyati — 240
Qashqadaryo viloyati — 157
Navoiy viloyati — 299
Namangan viloyati — 245
Samarqand viloyati — 643
Surxondaryo viloyati — 482
Sirdaryo viloyati — 268
Toshkent viloyati — 2 174
Farg‘ona viloyati — 589
Xorazm viloyati — 188
Toshkent shahri — 10 962.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling