Valyuta kurslari 24/09/2025
$1 – 12171.03
UZS – -0,7%
€1 – 14364.25
UZS – -0,48%
₽1 – 145.92
UZS – -0,52%
Qidirish
Toshkent shahri delegatsiyasining Parij shahri Merligining Turizm departamenti bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahri delegatsiyasining Parij shahri Merligining Turizm departamenti bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahri delegatsiyasining Parij shahri Merligining Turizm departamenti bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlik doirasida Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Parij shahri Turizm departamenti vakillari bilan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, turizm sohasida tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini atroflicha muhokama qildilar.

Muzokaralar chog‘ida Parij shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan gastronomik festival masalasi alohida kun tartibida ko‘rib chiqildi.

Ushbu festival O‘zbekiston Respublikasi hukumatining tegishli topshirig‘iga muvofiq tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – o‘zbek milliy taomlarini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, shuningdek, mamlakatimizning boy madaniy merosini Fransiya va boshqa xorijiy auditoriyaga yetkazishdan iborat.

Mazkur tashabbus O‘zbekistonning xalqaro turizm bozori va gastronomik xaritasidagi mavqeini mustahkamlashga, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling