Valyuta kurslari 25/07/2025
$1 – 12653.48
UZS – -0,85%
€1 – 14871.64
UZS – -0,71%
₽1 – 159.75
UZS – -1,79%
Qidirish
O‘zbekiston 26/07/2025 Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Seul delegatsiyasi bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Seul delegatsiyasi bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Poytaxt hokimligida Seul shahar merining birinchi ma'muriy o‘rinbosari Kim Tae Kyun boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi. Mehmonlarni Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova kutib oldi.

Uchrashuv davomida Durdona Rahimova O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik hamkorlik, xususan, Toshkent hamda Seul shaharlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning izchil rivojlanib borayotganini qayd etdi. U Toshkentda amalga oshirilayotgan Koreya ishtirokidagi investitsiya loyihalari haqida ma’lumot berdi va ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida Toshkent shahar hokimligi doimiy ochiqligini bildirdi.

O‘z navbatida, Kim Tae Kyun Toshkent shahrining so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va investitsion salohiyatini yuksak baholadi.

Shuningdek, Kim Tae Kyun Seul shahri ma’muriyati nomidan Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakovni 2025-yil 29-sentyabr kuni Seul shahrida bo‘lib o‘tadigan “Metropolis shaharlar tarmog‘ining 40 yilligiga bag‘ishlangan Seul Kongressi”da ishtirok etishga rasmiy ravishda taklif qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling