Valyuta kurslari 20/10/2025
$1 – 12108.24
UZS – -0,43%
€1 – 14169.06
UZS – -0,07%
₽1 – 149.10
UZS – -3,13%
Qidirish
“Toshkent” Respublika fond birjasida savdo hajmi 9 oyda to‘rt baravar oshdi

“Toshkent” Respublika fond birjasida savdo hajmi 9 oyda to‘rt baravar oshdi

“Toshkent” Respublika fond birjasida savdo hajmi 9 oyda to‘rt baravar oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning dastlabki to‘qqiz oyi yakuniga ko‘ra, “Toshkent” Respublika fond birjasidagi jami savdo hajmi 14 trln so‘mni (1,09 milliard dollar) tashkil etdi. Bu 2024 yilning shu davriga nisbatan to‘rt baravar ko‘p bo‘lib, o‘sish 10,39 trln so‘mni tashkil etdi.

Tuzilgan bitimlarning soni 328 375 tani tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan nisbatan 68 285 taga yoki 17,21 foizga kamaydi.

Davr yakunlariga ko‘ra, UCI indeksi 7,01 foizga oshib, 701,05 punkt darajasida yopildi. Aksiyalarning bozor kapitallashuvi 25,51 trln so‘mga yoki 11 foizga oshib, 267,93 trln so‘m (22,20 mlrd dollar)ni tashkil etdi

9 oy yakuni bo‘yicha Birjaning birja kotirovkalash varag‘ida 93 ta aksiya emitentining 135 ta instrumentlari kiritilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling