“Toshkent” respublika fond birjasi qimmatli qog‘ozlar savdosi qoidalarini yangilamoqda
“Toshkent” respublika fond birjasi qimmatli qog‘ozlar savdosi qoidalarini yangilamoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Toshkent” respublika fond birjasi qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish qoidalarining yangi tahririni ishlab chiqishga kirishdi.
Yangilangan hujjatda birja maydonida xorijiy qimmatli qog‘ozlar hamda valyuta obligatsiyalarini joylashtirish va ularning muomalasini tartibga soluvchi normalar aks ettirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda qimmatli qog‘ozlar savdosini vaqtincha to‘xtatib turishning yangi mexanizmlarini joriy etish, FoP va Nego savdo platformalari faoliyatini takomillashtirish nazarda tutilmoqda.
Kutilishicha, taklif etilayotgan o‘zgarishlar fond bozori infratuzilmasini rivojlantirishga va birja savdolari shaffofligini yana-da oshirishga xizmat qiladi.
Yangi tahrirni tayyorlash ishlari yakunlangach, Qoidalar loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun Birjaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.