Valyuta kurslari 22/12/2025
$1 – 11996.14
UZS – -0,21%
€1 – 14051.08
UZS – -0,3%
₽1 – 148.54
UZS – -1,26%
Qidirish
Toshkent - Qozon - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha poyezd safarga jo‘nab ketdi

Toshkent - Qozon - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha poyezd safarga jo‘nab ketdi

Toshkent - Qozon - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha poyezd safarga jo‘nab ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 21 dekabr kuni Toshkent markaziy vokzalidan O‘zbekiston poytaxti va Tatariston o‘rtasida temir yo‘l qatnovi tiklanganidan keyingi ilk poyezd Qozon shahriga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Poyezd, quyidagi jadvalga muvofiq qatnovni amalga oshiradi: 315-sonli Toshkent - Qozon yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd

- Toshkent-Markaziy vokzalidan jo‘nash - yakshanba, 23:55 da

- Qozon vokzaliga yetib kelish - chorshanba, 13:47 da

316-sonli Qozon - Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd

- Qozon vokzalidan jo‘nash - payshanba, 10:33 da

- Toshkent-Markaziy vokzaliga yetib kelish - yakshanba, 04:32 da

Poyezd tarkibi yettita vagondan iborat bo‘lib, 342 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan hamda ikki shahar o‘rtasida qulay va muntazam qatnovni taʼminlaydi.

Reyslarning qayta tiklanishi yo‘lovchi tashish uchun yangi imkoniyatlar ochadi va O‘zbekiston hamda Rossiya o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling