Toshkent Osiyo Olimpiya Kengashining 46-Bosh Assambleyasini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rmoqda
Toshkent Osiyo Olimpiya Kengashining 46-Bosh Assambleyasini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 26-yanvar kuni Toshkent shahri Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) 46-Bosh Assambleyasiga mezbonlik qiladi.
Ayni paytda mazkur nufuzli tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida keng koʻlamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Tayyorgarlik doirasida O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligida ushbu jarayonlarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili Odil Abduraxmanov, shuningdek, Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Osiyo qitʼasidagi 45 mamlakat Milliy Olimpiya qoʻmitalari vakillari, shuningdek, xalqaro tashkilotlardan tashrif buyuradigan nufuzli mehmonlarni munosib kutib olish, transport-logistika hamda viza masalalarini yana bir bor koʻrib chiqish, tadbir kun tartibini OOK vakillari bilan muvofiqlashtirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.