Valyuta kurslari 26/12/2025
$1 – 12078.47
UZS – 0,09%
€1 – 14234.48
UZS – -0,04%
₽1 – 155.23
UZS – 0,99%
Qidirish
Toshkent metrosida poyezddagi nosozlik bartaraf etildi: harakat tiklandi

Toshkent metrosida poyezddagi nosozlik bartaraf etildi: harakat tiklandi

Toshkent metrosida poyezddagi nosozlik bartaraf etildi: harakat tiklandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 25 dekabr kuni soat 12:33 da «Hamid Olimjon» bekatidan jo‘nab ketishga tayyorlanayotgan eski namunadagi 21-raqamli poyezdda texnik nosozlik aniqlandi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK xabar berdi.

Poyezd taxminan to‘rt daqiqa davomida bekatda qolgan. Birlamchi texnik choralar ko‘rilgandan so‘ng, tarkib navbatdagi poyezdga ulanib, xizmat ko‘rsatish uchun depoga yo‘naltirilgan.

Metropoliten matbuot xizmati maʼlum qilishicha, ayni paytda poyezdlar harakati to‘liq tiklangan va belgilangan jadvalga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling