Valyuta kurslari 05/12/2025
$1 – 11963.23
UZS – 0,43%
€1 – 13970.66
UZS – 0,7%
₽1 – 155.35
UZS – 1,28%
Qidirish
Toshkent metrosida poyezd nosozligi sabab yo‘lovchilar tunnelda qolib ketdi

Toshkent metrosida poyezd nosozligi sabab yo‘lovchilar tunnelda qolib ketdi

Toshkent metrosida poyezd nosozligi sabab yo‘lovchilar tunnelda qolib ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 5 dekabr kuni Toshkent metrosi yo‘lovchilari bir necha daqiqa davomida stansiyalar orasida tunnelda toxtab qolgani haqida guvohlar xabar berdi. Mazkur holat yuzasidan masʼul idoralar tomonidan rasmiy izoh berilmagan.

Guvohlarning aytishicha, hodisa taxminan soat 11:57 da sodir bo‘lgan: poyezd “Paxtakor” va «G‘afur G‘ulom» stansiyalari orasida to‘xtab qolgan va deyarli 15 daqiqa harakatlanmagan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bir ayol yo‘lovchi o‘zini yomon his qilib, unga tibbiy yordam kerak bo‘lgan.

Metropoliten matbuot xizmati keyinroq bildirishicha, soat 11:55 da «G‘afuri G‘ulom» va «Alisher Navoiy» stansiyalari orasida harakatlanayotgan №39 poyezdda texnik nosozliklar aniqlangan. Poyezd olti daqiqaga to‘xtab qolgan va texnik ko‘rikka yuborilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling